Sport | 14:10 / 14.06.2019
30500
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi. O‘zbekiston nihoyat Osiyoda yuqori o‘nlikka qaytdi

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFAning iyun oyi uchun terma jamoalar reytingida uch pog‘ona yuqorilab, 82-o‘ringa joylashdi.

Bu bilan Ektor Kuper jamoasi Osiyo termalari ichida Suriyani ortda qoldirib, 10-pog‘onaga chiqdi.

O‘zbekiston OFKga a'zo mamlakatlar miqyosida so‘nggi marta 2018 yil aprel oyida yuqori o‘nlikda qayd etilgan edi.

FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori o‘nlikda shundan boshqa o‘zgarish kuzatilmagan. Natijada O‘zbekiston sentabr oyidan boshlanadigan JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichida 2-savatchadan o‘rin oladi.

Reytingni hamon Belgiya milliy jamoasi boshqarib turibdi. Keyingi o‘rinlardagi Fransiya, Braziliya va Angliya ham o‘z o‘rnini saqlab qolgan.  Millatlar ligasi g‘olibi Portugaliya esa Xorvatiya va Urugvayni ortda qoldirib, kuchli beshlikka qo‘shildi. Umuman olganda, yuqori o‘nlik tarkibi o‘zgarmay qoldi.

Mavzuga oid