Jahon | 00:28 / 19.06.2019
15429
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilda sun'iy ongli aviabomba ixtiro qilindi

Foto: Rafael

Isroilning Rafael kompaniyasi turli xil obektlar orasida belgilangan nishonni topishga imkon beruvchi sun'iy ong bilan jihozlangan Spice 250 aviabombasini ixtiro qilgani va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qildi.

N+1 ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda boshqariluvchi bombalar turli nishonga olish tizimlari bilan jihozlanmoqda, biroq nishon atrofdagi obektlarga o‘xshash bo‘lsa, bomba boshqa joyda portlashi mumkin. Spice 250 bombasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, unga o‘rnatilgan sun'iy ong belgilangan nishonni uch o‘lchovli modellar ma'lumotlar bazasi va o‘rgatilgan neyrotarmoqlar yordamida ajrata olishi mumkin.  Kelajakda kompaniya bomba asosiy nishonni aniqlay olmasa, ikkinchi darajali nishonni avtomatik tanlash imkoniyatini tatbiq qilishni rejalashtirmoqda.

Isroilning yangi bombasi jangovar qismi og‘irligi 75 kgni tashkil qiladi. Uchish uchun yig‘iluvchi qanoti bombaga tashlangan joyidan 100 km uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, Spice 250 nishonni urishni bekor qilish tizimi bilan jihozlangan va ichki o‘rnatilgan kameradan tasvir nishon yo‘q qilingunga qadar qabul qilgichga uzatiladi. Bomba haqidagi boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.

Mavzuga oid