O‘zbekiston | 16:00 / 20.06.2019
37929
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: Majburiy forma joriy qilinishi kechiktirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Hukumat qarori davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda ma'naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida qabul qilingan

«Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarorining  3-bandidagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi «2019/2020 o‘quv yilidan boshlab» so‘zlari «2024/2025 o‘quv yilidan boshlab» so‘zlari bilan almashtirilsin», deyiladi hujjatda.

Mavzuga oid