AQSh Xitoyning yana besh kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
AQSh savdo vazirligi Xitoyning beshta kompaniyasini Amerika tovar va mahsulotlarini sotib olishga haqqi yo‘q yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritganini ma'lum qildi.
Vazirlik matbuot relizida aytilishicha, ro‘yxatdan Chengdu Haiguang Integrated Circuit, Chengdu Haiguang Microelectronics Technology, Higon, Sugon va Tszyannan kompyuter texnologiyalari universiteti joy oldi.
Ushbu tashkilotlar faoliyati AQSh davlat xavfsizligi va tashqi siyosati manfaatlariga zid deb topildi. AQSh kompaniyalari ularga tovar va xizmatlar sotish uchun maxsus ruxsatnoma olishlari kerak bo‘ladi.
Qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar o‘ta tez ishlaydigan kompyuterlar, mikrochiplar, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq Huawei kompaniyasi AQSh qora ro‘yxatidan joy olgandi.
Mavzuga oid
12:30
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
11:42
AQShdagi barcha saylov uchastkalari yopildi
09:22
“Natijalarni uzoq kutmaymiz, kechqurun g‘olibni e’lon qilishadi” – amerikalik professor saylov haqida
09:19