O‘zbekiston | 23:06 / 03.07.2019
46134
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari lavozimini tark etdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova lavozimini tark etdi. 

Hozircha uning lavozimini tark etish sabablari aniq emas.

Qayd etish joizki, Surayyo Rahmonova Otabek Murodov bosh prokurorligi davrida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura organlarining shaffof va ochiqligiga, ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan muloqotiga sezilarli hissa qo‘shgandi. Rahmonova matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura faoliyati bilan bog‘liq har bir voqeaga tezkorlik bilan munosabat bildira olishi bilan boshqa ayrim davlat idoralari matbuot xizmatlari vakillaridan ajralib turdi.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Murodov iyun oyi oxirlarida bosh prokuror lavozimidan ozod qilingan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi chiqishida Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid