O‘zbekiston | 01:51 / 11.07.2019
5298
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelgusi ustuvor vazifalarni ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik va idora hamda OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi 2019 yilning dastlabki olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi.

Hisobotda keltirilishicha, o‘tgan vaqt davomida qo‘mita tomonidan 10ta masala, shu jumladan 4ta qonun ko‘rib chiqilgan. 

Qo‘mita raisi, senator Farrux Dadaxo‘jayevning ta'kidlashicha, yarim yillik davomida qo‘mita yuborgan 55ta senator so‘rovi va murojaatlarining 43tasi tegishli muassasalar tomonidan ko‘rib chiqilgan, ular bo‘yicha samarali natijalarga erishilgan va fuqarolar tomonidan kelib tushgan 2738ta murojaatdan 166tasi Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. 

Endilikda, qo‘mita o‘z faoliyatida asosiy e'tiborni Respublika Prezidentining Senat yigirmanchi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratishi ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni Senatning 20 yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan edi.

Mavzuga oid