Jamiyat | 12:39 / 11.07.2019
19372
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda jarohatlangan o‘zbekistonlik ayol haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Vasiliy Kuzmichenok / TASS

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 7 iyul kuni mazkur shaharda travmatik miltiq orqali O‘zbekiston fuqarosi K.A.ning yuzi jarohatlangani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.

TIV xabariga ko‘ra, jarohatlangan hamyurtimiz shifoxonaga joylashtirilgan hamda uning holati qoniqarli. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Bosh konsulxonaga bergan xabariga ko‘ra mazkur qurolli hujumda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan. Unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Peterburgda o‘zbekistonlik ayol kasalxonaga olib ketilgani, uning yuziga qarata o‘q uzishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid