Jamiyat | 10:14 / 15.07.2019
11652
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy o‘quv fakultetlari kursantlari qasamyod qabul qildi

14 iyul kuni O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik va Toshkent farmatsevtika institutlari Harbiy o‘quv fakultetlari (Harbiy kafedra) kursantlarining tantanali Harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Mudofaa vazirligi kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Shermatov, Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori A.Marahimov, ota-onalar hamda oliy o‘quv yurtlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, kursantlarni Qurolli Kuchlar safiga kirishlari munosabati bilan qutladilar.

Har yili oliy o‘quv yurtlari Harbiy o‘quv fakultetlari 3-kurs kursantlari Qurolli Kuchlar safiga kirish oldidan o‘z xizmat burchlarini sadoqat bilan ado etish to‘g‘risida qasamyod qilishadi. 

Mavzuga oid