Jamiyat | 13:42 / 17.07.2019
14061
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda yangi Sanoat xavfsizligi innovatsion o‘quv markazi ishga tushdi

Joriy yilning 10 iyul kuni Toshkentda sanoat xavfsizligi bo‘yicha Yangi innovatsion markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu yerda “Liniya zashchity” kompaniyalar guruhi yakka tartibda himoyalanishning innovatsion vositalari o‘quv markazini ishga tushirdi.

Yurtimizning har burchagida keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Zamonaviy zavodlar, texnologik parklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari ishga tushmoqda. Har bir loyihaning muvaffaqiyatli tugallanishida minglab ustalar, muhandislar, ishchilarning og‘ir mehnati yotadi.

Ularning hayoti xavfsizligi esa doimo nazorat ostida bo‘lishi lozim. Tadbirda aynan shu masalalar alohida muhokama etildi. Yirik xalqaro kompaniyalar mehnat xavfsizligini oshirishga va ishlab chiqarish chog‘ida jismoniy shikastlar sonini keskin kamaytirishga yordam beruvchi yakka tartibda himoyalanish vositalarini taqdim etishdi.

Namoyishga qo‘yilgan namunalar qatoridan maxsus ish kiyimlari, sanoat quloqchinlari, maxsus poyafzallar, ish kiyimlari va terini himoyalovchi vositalar o‘rin oldi. Bu vositalarning barchasi ishchilar salomatligi, xavfsizligini ta'minlashda yordam beruvchi eng so‘nggi ilg‘or mahsulotlardir.

«Liniya zashchity» kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi korxonalarga yakka tartibda himoyalanish vositalarini yetkazib berish hamda ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi va unga oid muammolar va tahdidlarni tahlil qilish yechimlarini taqdim etuvchi yetakchilardan hisoblanadi.

«Liniya Zashchity» kompaniyasi Amerika, Yevropa va Rossiyalik ko‘plab hamkorlariga egadir: Ulardan, 3M (himoyalanishning innovatsion vositalari - AQSh), ANSELL (qo‘llarni himoyalash vositalari - Belgiya), SC JOHNSON PROFESSONAL (yuvish va dermatologik himoya vositalari - AQSh), HONEYWELL (himoyalash vositalari - AQSh), «Avangard» (YaTHV - Rossiya), «Liga spetsodejdy» (gazni o‘lchash uskunulari - Rossiya), «Zashchitnyye resheniya» (shifokor kelgunga qadar tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari - Rossiya).

Ushbu guruh tarkibiga 11 yildan buyon yirik sanoat korxonalariga yakka tartibda himoyalanish vositalarini yetkazib berish bilan bir qatorda ularga xalqaro normalarga muvofiq korporativ normativ hujjatlarni taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi Sanoat xavfsizligi markazi xam kiradi.

Yangi o‘quv markazining faoliyati zamonaviy himoyalanish vositalarini joriy etish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy tajriba bilan mas'ul shaxslarni tanishtirish, shuningdek, mustaqil himoyalanish vositalarining qo‘llanilishi samaradorligini oshirish hisobiga ishlab chiqarish jarohatlari miqdorini kamaytirishga yo‘naltiriladi.

Alisher Tilayev, Sanoat xavfsizligi markazi rahbari:

«Sanoat xavfsizligi markazi qoshidagi o‘quv markaz «Liniya zashchity» kompaniyalar guruhining muhim loyihalaridan biridir. Sanoat xavfsizligi markazi 11 yildan ortiq vaqt davomida yirik sanoat korxonalariga yakka tartibda himoyalanish vositalarini yetkazib berish bilan bir qatorda ularga xalqaro normalarga muvofiq korporativ standartlarni joriy etishga yordam berib kelmoqda. Bu borada markazga xorijiy hamkorlar yordam berib, ular O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishchi guruhi tarkibida YaTHVni ekspluatatsiya qilishning yangi texnik reglamenti ustida ish olib bormoqda. Hujjat avval hisobga olinmagan xatarlarni qamrab oladi. Masalan, elektr yoy urishi kabi xatarning normativ hujjatlarda mavjud emasligi ana shunday muammolardan biri hisoblanadi. Tegishlicha, korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari xodimlarni kuchli issiqlik oqimi va kuyishlardan himoya qiluvchi maxsus kiyim bilan ta'minlay olmaydi. Eskirgan normalar va himoyalanish vositalaridan foydalanish insonlar hayoti va salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda, shu bilan birgalikda YaTHV yildan yilga tobora takomillashib bormoqda va yanada kuchliroq xavfsizlikni ta'minlamoqda».

Yakka tartibda himoyalanish vositalari bo‘yicha o‘quv markazining kurslari dastavval, shu soxaga ma'cul davlat idoralari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston korxonalari va nazorat qiluvchi idoralari mutaxassislari uchun o‘tkaziladi.

Tadbir davomida yig‘ilgan mehmonlar o‘z tajribalarida himoyalanish vositalaridan foydalanish inson salomatligini saqlab qolishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishdi. OAV vakillari uchun maxsus ekspozitsion maydonlar tashkil etilib, ularga har bir himoya vositalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Misol uchun, xalq orasida bolgarka sifatida ma'lum bo‘lgan burchak shlifovka qilish mashinkasini tez-tez ishlatish – eshitish qobiliyatining susayishiga yoki yo‘qolishiga sabab bo‘ladi, moylar, neft va boshqa zararli birikmalar teri orqali qonga kiradi va jigarni parchalaydi, hattoki juda past balandlikdan ham qulash (uch metrdan ko‘p emas) jiddiy jarohatlarga olib kelishi mumkin. Bularning baridan sanoat quloqchinlari, xavfsizlikni ta'minlash tizimlari, maxsus kostyumlar, dermatologik vositalar yordamida himoyalanish imkoni mavjud.

Endilikda ushbu tajriba O‘zbekistonda ham ommalashishi va o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rish keng targ‘ib qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, yakka tartibdagi himoyalanish vositalaridan foydalanish madaniyatini singdirish o‘quv markazi faoliyatining yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Bu esa o‘z navbatida beparvolik yoki himoya vositalaridan foydalanishni istamaslik oqibatida xodim tomonidan olingan jarohatlar sonini kamaytirish imkonini beradi.

Murojaat uchun telefonlar: +99890 9984443, +99890 9030006

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid