O‘zbekiston | 08:05 / 18.07.2019
9666
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp maslahatchisi Bolton AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni qutlashini aytdi

Foto: RIA Novosti

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton 17 iyulda Vashingtonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi va AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni qutlashini aytdi.

“Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Biz umumiy manfaatlarning keng doirasini va sherikchiligimizni rivojlantirishning eng yaxshi yo‘llarini muhokama qildik. Biz O‘zbekistondagi islohotlar va ularning butun Markaziy Osiyoga ijobiy ta'sirini qutlaymiz va AQSh-O‘zbekiston hamkorligining yanada chuqurlashuviga umid qilamiz”, deb yozgan Bolton tvitterda.   

AQSh vakili, shuningdek, Komilov bilan birga tushgan suratini ilova qilgan. 

Mavzuga oid