Iqtisodiyot | 15:20 / 24.07.2019
54447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning xufiyona iqtisodiyot darajasi oshkor etildi

Botir Xo‘jayev / Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning xufiyona iqtisodiyot darajasi taxminan 45-46 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev aytib o‘tdi.

Muloqot davomida hozirgi vaqtda respublikada xufiyona iqtisodiyot darajasi bir muncha baland ko‘rsatkichda ekani ta'kidlandi.

- Tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning xufiyona iqtisodiyot darajasi taxminan 45-46 foizni tashkil etmoqda, - dedi Botir Xo‘jayev.

Uning aytishicha, xufiyona iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda ham bor. Lekin uning iqtisodiyotdagi ulushi qanchaligiga qarab baholanadi. Bizning iqtisodiyotda bu daraja bir muncha baland ekani aytildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xufiyona iqtisodiyotdan chiqishda valuta siyosatini liberallashtirish va daromad solig‘idagi o‘zgarishlar sezilarli harakat bo‘lgan.

Mavzuga oid