Disney kassa yig‘imlari bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Amerikaning The Walt Disney Company kompaniyasi kassa yig‘imlari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
Variety nashrining xabar berishicha, bu yil The Walt Disney Company filmlari jahon prokatida allaqachon 7,67 milliard dollar yig‘di. Kompaniya o‘zining 2016 yildagi 7,61 milliard dollarlik rekordini yangiladi.
Eng muvaffaqiyatli filmlar "Qasoskorlar: Intiho" (2,79 milliard), "Kapitan Marvel" (1,1 milliard), "Olovuddin" (1 milliard) hamda "Qirol sher" (962 million) bo‘ldi.
Bundan tashqari, yil oxiriga qadar "Muz qalb 2", "Malefisenta: Zulmat hukmdori" va "Samoviy urushlar: Skayuoker. Kun chiqishi" kartinalari ekranlarga chiqadi.
Avvalroq "Qasoskorlar: Intiho" filmi keyingi o‘n yildan buyon birinchilikni bermay kelayotgan "Avatar" filmini ortda qoldirib jahon rekordi o‘rnatganligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:20 / 17.09.2024
Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi
11:30 / 06.07.2024
Dunyoni hayratlantirayotgan Xitoy. Yangi avtomobil yo‘li 10 ta rekordni yangiladi
21:10 / 20.04.2024
Dyuplantis langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini sakkizinchi marta yangiladi
14:23 / 08.11.2023