Jahon | 00:48 / 01.08.2019
50454
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Usoma bin Lodin o‘g‘li Hamza vafot etdi

Foto: AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari Hamza bin Lodin vafot etgani to‘g‘risida razvedka ma'lumotlariga ega bo‘ldi. U «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti asoschisi Usoma bin Lodin o‘g‘li hisoblanadi. Bu haqda NBC telekanali AQSh ma'muriyatidagi uch mustaqil manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

«AQSh «Al-Qoida» yetakchisining ehtimoliy vorisi va Usoma bin Lodin o‘g‘li o‘lgani haqida razvedka ma'lumotlarini qo‘lga kiritdi», - deyiladi xabarda. Amerika mulozimlari uning o‘limida Amerikaning ehtimoliy ishtirokiga doir ma'lumotlar taqdim etmagan.

Avvalroq, AQSh Hamza bin Lodin haqida axborot uchun 1 mln dollar mukofot berilishini e'lon qilgan edi. Unga nisbatan AQSh sanksiyalari ham kuchda edi. U 2015 yil avgustidan rasman «Al-Qoida» a'zosi hisoblanib, g‘arbiy mamlakatlar poytaxtlariga hujum qilishga chaqirib kelgan. 

Mavzuga oid