O‘zbekiston | 18:34 / 03.08.2019
105724
2 daqiqa o‘qiladi

«Jasliq» yopilishi yuzasidan O‘zbekistonga befarq bo‘lmagan xorijiy shaxslar fikr bildirishmoqda

Foto: Ivan Rudnev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida» gi qarorni imzoladi. «Jasliq» qo‘rg‘onida joylashgan, xalq orasida ham «Jasliq» nomi bilan mashhur muassasaning yopilishi yuzasidan O‘zbekiston hayotiga befarq bo‘lmagan bir qator xorijiy shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda munosabatini bildirishmoqda.

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen:  

« Juda ham ramziy ahamiyatga ega qaror! Modomiki, «Jasliq»  to‘liq yopilar ekan (umuman qayta ochilmasligi lozim), bu qaror o‘tmish bilan rishtalarni uzish uchun o‘ta kuchli va zarur ishora bo‘ladi. Yangi O‘zbekiston uchun unday maskanlar kerak emas va hukumat buni anglab yetgani nihoyatda muhimdir».

The Economist jurnalisti Joanna Lillis:

«Bu —  katta ahamiyatga ega molik. O‘zbekiston uchun katta yangilik».

Human Righs Watch vakili Andryu Stroglen:

«Bu oxirgi o‘tgan qisqa muddat ichida yangragan yaxshi yangiliklarning biridir. Shunga qaramay, bosib o‘tilishi shart bo‘lgan katta yo‘l oldinda, hukumatda ko‘pchilik islohotlarga intilsa, ayrimlar uning aksini bajarmoqda».

 Human Righs Watch vakili Stiv Sverdlov:

«Shaksiz, bu O‘zbekiston uchun yaxshi yangilik, umid qilamanki, epoxaning yakuni ham shu. O‘zbekistonning shov-shuvli zo‘ravonlik ishlari aynan Jasliqda sodir etilgan. Muassasani yopish bilan prezident katta siyosiy jasorat ko‘rsatdi. Tarixni o‘rganish kerak, xatolar takrorlanmasligi kerak».

Mavzuga oid