O‘zbekiston | 23:43 / 05.08.2019
5559
2 daqiqa o‘qiladi

Olti oyda 3,5 ming kilometr avtomobil yo‘llarida yo‘l ishlari bajarildi

O‘zbekistondagi jami avtomobil yo‘llari tarmog‘i 184 ming kilometrdan ziyod uzunlikni tashkil etadi. Undan 42 ming 676 kilometr umumiy foydalanishdagi, 24 ming 750 kilometr idoraviy inspektorlik, 116 ming 560 kilometr esa ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning yo‘llari hisoblanadi. Bu haqda bugun, 5 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlab o‘tildi.

Foto: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarovning aytishicha, joriy yilning olti oyi mobaynida O‘zbekistonning 3 ming 298,4 kilometr avtomobil yo‘llarida qurish, qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlari rejalashtirilgandi. Amalda esa 3 ming 592,5 kilometr avtomobil yo‘llarida yo‘l ishlari bajarildi. 860,4 kilometr uzunlikda ichki yo‘llar, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida 1 ming 442,1 kilometr ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari ta'mirlandi. 35 kilometrdan ortiq shahar ko‘chalari hamda aholi yashash obektlariga kirish avtomobil yo‘llari qurilib, rekonstruksiya qilindi. 114 dona yangi turdagi yo‘l qurilish texnikalari sotib olindi.

2019 yilgi Investitsiya dasturiga asosan mamlakat bo‘yicha 100,5 kilometr umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid