«Tolibon» vakillari bilan uchrashuv haqida rasmiy ma'lumot berildi
2019 yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida «Tolibon» harakatining Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boshchiligidagi Harakat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mulla Barodar O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga doimiy e'tibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston sa'y-harakatlari tufayli Afg‘oniston muammosi yana jahon hamjamiyati diqqat markaziga tushganini alohida qayd etdi.
«Tolibon» harakatining siyosiy ofisi rahbari afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tadbirning Afg‘onistondagi hozirgi real vaziyat nuqtai nazaridan o‘z vaqtida tashkillashtirilayotgani va dolzarbligi qayd etildi va O‘zbekiston tomonining mazkur uchrashuvni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.
Muzokaralar chog‘ida afg‘on xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi va o‘z kelajagini qurish huquqi yana bir bor ta'kidlandi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024