Jahon | 23:28 / 16.08.2019
22037
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya malikasi Kristina vafot etdi

Foto: Martijn Beekman / ANP / AFP

Gaagada 72 yoshda Niderlandiya malikasi Kristina vafot etdi. Bu haqda Niderlandiya qirollik uyi xabar berdi.

Kristina Nordeynde saroyida hayotdan ko‘z yumgan. 2017 yilda unga suyak saratoni tashxisi qo‘yilgan, biroq uning ahvoli baroqarorligi va xavotir uyg‘otmayotgani ta'kidlab kelingan. 

Marhuma malika Yuliana va shahzoda Bernardning to‘rtinchi kenja qizi bo‘lgan. U sobiq qirolicha Beatriksning singlisi va amaldagi qirol Vilelm-Aleksanning xolasi bo‘lgan.

Malika bolaligida deyarli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Shu sababli u o‘smirlik davrlaridayoq qirollik uyi hayotida faol ishtirokdan bosh tortgan va qirollik oilasining eng kamsuqum a'zolaridan biri bo‘lgan.

Qirollik saroyi xabarida ta'kidlanishicha, Kristina musiqiy iste'dodga ega bo‘lgan “mehribon inson” bo‘lgan.

Mavzuga oid