O‘zbekiston | 08:00 / 19.08.2019
4770
1 daqiqa o‘qiladi
Xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi
Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Endilikda, shartnoma asosida turistlarni kuzatib borish hamda turizm namoyishi obektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tegishli Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasiga murojaat qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish tariflari Ichki ishlar vazirligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024
Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
13:31 / 19.07.2024