O‘zbekiston | 10:11 / 29.08.2019
4728
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga taklif bilan chiqdi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

28 avgust kuni Pekin shahrida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Tszin Litsyun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar va mavjud kelishuvlarni amalga oshirish sur'atlarini tezlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Xususan, Buxoro viloyati infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni ma'qullashda sezilarli yutuqlarga erishildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi loyihalarni moliyalashtirishning turli xil yondashuvlari va mexanizmlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi OIIB bilan infratuzilma loyihalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning keng jabhalarini tizimli qamrab oladigan o‘rta muddatli dasturini qabul qilish taklifini ilgari surdi.

Muhokama yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha keyingi harakatlar rejasi kelishib olindi, unga ko‘ra OIIB va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarining ishchi guruhlari o‘z ishlarini jadal ravishda davom etadilar.

Mavzuga oid