O‘zbekiston | 23:53 / 29.08.2019
57727
2 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Kudbiyev prezident maslahatchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi deb o‘zgartirilgan.

Sherzod Kudbiyev 2018 yil 12 aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlar vaziri etib tayinlangandi. Kudbiyev vazir bo‘lishidan avval Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. 1981 yil 12 aprelda Farg‘onada tug‘ilgan Kudbiyev Farg‘ona politexnika institutini moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mavzuga oid