Ukraina bosh prokurori iste'foga chiqdi
Ukraina bosh prokurori, yuridik ta'limga ega bo‘lmagan Yuriy Lutsenko lavozimidan bo‘shashi haqida ariza yozdi. Ta'kidlanishicha, u bu lavozimga Ukraina konstitutsiyasi chetlab o‘tilgan holda AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning ko‘rsatmasiga ko‘ra tayinlangandi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2016 yildan beri bosh prokuror lavozimini egallab kelgan Lutsenkoning iste'foga chiqarilishi haqidagi qarorni iyundayoq imzolagan. Biroq uni oliy rada tasdiqlamagandi.
Avvalroq Lutsenko yangi parlament o‘z ishini boshlashi bilan o‘zi iste'foga ketishini aytgandi.
Ta'kidlanishicha, aynan Lutsenko yozuvchi, jurnalist va teleboshlovchi Oles Buzinning qotilligi va “Odessa Xatini” deb nom olgan, 2014 yil mayida Odessada sodir etilgan ommaviy qotillik tergov qilinmasligi uchun barcha ishni qilgan.
Avvalroq, 28 avgustda Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman o‘z lavozimini tark etgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024