AQSh Xitoydan 100 yil avvalgi qarzni undirishni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti ma'muriyati Xitoydan bir asr avval chiqarilgan davlat obligatsiyalari bo‘yicha qarzni undirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu obligatsiyalar Xitoy imperatorlar tomonidan boshqarilgan vaqtda chiqarilgan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Gap Xitoy imperiyasi tomonidan chiqarilgan, biroq Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan tan olinmagan qimmatbaho qog‘ozlar haqida bormoqda. Ta'kidlanishicha, Donald Tramp ushbu masalani Xitoy bilan savdo urushida “qurol” sifatida qo‘llashi mumkin.
Pekinda Vashingtonning ushbu rejalaridan xabardorlar, biroq uni amalga oshirish ilojsiz deb hisoblashmoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp bunday obligatsiyalar egalari bilan uchrashgan. Ular Xitoydan qarz undirilishini qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Xitoy imperiyasi obligatsiyalarini chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda temir yo‘l qurilishi uchun mablag‘lar jalb qilishdan iborat bo‘lgan.
Obligatsiyalarning katta qismi amerikalik kolleksionerlarda saqlanib, ularni onlayn-auksionlarda sotib olish mumkin.
Xitoy obligatsiyalari egalari jamg‘armasi asoschilaridan birining hisob-kitobiga ko‘ra, inflatsiya, foizlar va kompensatsiyalar hisobga olinsa obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar summasi trillion dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Xitoy inqilobgacha hukumat qarzlarini tan olmasligini va ularni qaytarmasligini aytib keladi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024