Jahon | 14:59 / 01.09.2019
27577
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Idlibda Rossiya va Turkiyani ogohlantirmasdan aviazarbalar berdi

Foto: AFP 2019 / Abdulazez Ketaz

Vashington barcha kelishuvlarni buzib hamda Moskva va Anqarani ogohlantirmasdan Idlib viloyatidagi Maaret-Misrin va Kafer-Xaya aholi maskanlariga aviazarbalar berdi, deb ma'lum qildi nizolashuvchi tomonlarni yarashtirish markazi.

Xabarda aytilishicha, 31 avgust kuni ertalab soat oltidan boshlab Rossiya va Turkiya tashabbusi bilan Suriya armiyasi bir tomonlama tartibda o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qilgan hamda bu haqda barcha nizolashuvchi tomonlar xabardor qilingan.  

Rossiya va Suriya harbiy havo kuchlari Idlib ustidagi parvozlarni to‘xtatgandi. Ammo markazning bildirishicha, yakshanba kuni soat 15da AQSh aholi maskanlariga zarba bergan. Ko‘plab kishilar qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Amerika tomoni zarbalar natijasida AQSh fuqarolariga xavf tug‘dirayotgan "Al-Qoida" guruhining boshqaruv punkti yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid