O‘zbekiston | 00:20 / 01.09.2019
21981
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi so‘zladi.  

Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida mamlakatdagi demokratik jarayonlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

“Bugun bir fikrni qat'iyat bilan ta'kidlashni zarur, deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi. 

Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz!

O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!”, dedi Prezident.

O‘zbekiston Prezidenti shuningdek, yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish hamisha e'tibor markazida bo‘lishini ta'kidladi.

“Ular bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta'minlash, qobiliyat va iste'dodini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularga mas'ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e'tiborimiz markazida bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid