Jahon | 23:22 / 07.09.2019
7047
1 daqiqa o‘qiladi
Hongkongda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Hongkong politsiyasi namoyishchilarga qarshi qalampirli gaz qo‘lladi, deb xabar berdi The South China Morning Post.
Xabarda aytilishicha, politsiya Sha Tin temiryo‘l stansiyasi va “Shahzoda Edvard” stansiyasi yaqinida to‘plangan faollar guruhiga qarshi aerozoldan foydalangan. Namoyishchilar politsiyachilarga soyabon va metall buyumlar uloqtirishgan.
Avvalroq namoyishchilar yana aeroportda aksiya o‘tkazishlarini ma'lum qilgan, ammo politsiya va hukumat ehtiyot choralarini ko‘rgandi.
Faollar savdo markazlari va temiryo‘l stansiyalarida to‘planishga qaror qilishgan. Hongkongda iyun oyidan buyon namoyishlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024