Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov 1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan.
U shu kunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Bundan oldin, deputatlar Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Nozim Husanov nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma'qullashgandi.
Mavzuga oid
07:21 / 03.09.2024
Toshkentda Nexia-3 to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi
07:40 / 22.08.2024
Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi
13:42 / 20.07.2024
Toshkentda ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
13:39 / 15.06.2024