Qozog‘istonda avtobus va poyezd to‘qnashib ketdi
Qozog‘istonning Shamalg‘an stansiyasi yaqinida avtobus temir yo‘l izlariga chiqib ketishi oqibatida uning poyezd bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘istonning sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, voqea soat 19:20 atrofida Yekaterinburg-Olmaota yo‘lidagi temir yo‘l kesishmasida avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgani sababli sodir bo‘lgan. Temir yo‘l izlarida turib qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan. Ma'lum qilinishicha, haydovchilar temir yo‘l kesishmasida tartibsiz holatni yuzaga keltirishgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bir kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar borligini ma'lum qilgan. Avtobusda 67 kishi bo‘lgan, bir kishi - haydovchi halok bo‘lgan. Toqayev avtohalokatda jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 3 yo‘lovchi, jumladan 2 yosh bola shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024