Jahon | 21:53 / 18.09.2019
7778
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda elektron sigaretlarga taqiq joriy etildi

Hindistonda elektron sigaretlarga nisbatan taqiq kiritildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi.

Taqiq elektron sigaretlarni ishlab chiqarish, import, eksport qilish, sotish va saqlashga nisbatan joriy etildi. Shuningdek, ularni reklama qilish ham taqiqlanadi.

Mazkur qaror elektron sigaret chekuvchilar o‘pka kasalligidan vafot etayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng qabul qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, Hindiston an'anaviy tamaki mahsulotlari iste'moli bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu mamlakatda elektron sigaretlar u qadar ommalashmagan.

Mavzuga oid