Rossiya Turkiyaga Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan birgalikda foydalanishni taklif qildi
"Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozin Turkiyaga Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Rossiya va Qozog‘iston bilan birgalikda foydalanishni taklif qildi.
"Roskosmos" Turkiya o‘z kosmik qurilmalarini olib chiqishi uchun raketalarini taqdim etishga tayyor. Buni Turkiya hududida amalga oshirish ham shart emas. Biz uchta davlat uchun loyiha qilishimiz va Boyqo‘ng‘ir infrastrukturasidan foydalanishimiz mumkin", - dedi u.
Uning aytishicha, bu loyiha ishtirokchilari Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston bo‘lishi mumkin.
"Bu yaxshi istiqbol deb o‘ylayman", - dedi u.
Avvalroq BAA Rossiya va Qozog‘iston bilan birgalikda kosmodrom start maydonchasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga rozilik bildirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:31 / 12.06.2024
Boyqo‘ng‘ir yaqinida Fransiya fuqarosi vafot etdi
13:35 / 27.09.2023
Qozog‘iston Rossiya uchun Boyqo‘ng‘ir ijara narxini oshirmaslikka qaror qildi
14:34 / 10.07.2022
Sovetlar yashirgan halokat: Boyqo‘ng‘irda qit’alararo ballistik raketa nega portlab ketgandi?
09:02 / 24.10.2019