Ortiqxo‘jayev: «Aholiga yer ajratishni deputatlar vakolatiga kiritish kerak»
“Tadbirkorlarga, aholiga yer ajratish eng qiyin, muammoli va og‘riqli masala. Buni deputatlarning mahalliy kengashlari vakolatiga o‘tkazish kerak”. Bu haqida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 58-sessiyasida to‘xtalib o‘tdi.
“Tadbirkorlarga, aholiga yer ajratish eng bosh og‘riqli masalalardan biri. Bu borada mendan oldingi hokimlar ham qiynalgan, men ham qiynalyapman, mendan keyingilari ham qiynaladi. Yerni deputatlarning mahalliy kengashlari qarori asosida berish tartibini joriy qilish lozim”, ─ deydi Ortiqxo‘jayev.
Ma'lum qilinishicha, bosh vazir qabulxonasiga tadbirkorlardan tushayotgan murojaatlarning 30 foizdan ortig‘ini yer ajratish bilan bog‘liq muammolar tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
19:58 / 23.08.2024
“Ximikat”siz pishgan tarvuzlar - qirni o‘rmonga aylantirayotgan Otabek hikoyasi
09:07 / 23.08.2024