O‘zbekiston | 18:28 / 22.09.2019
226162
1 daqiqa o‘qiladi

Otabek Murodov qamoqqa olindi

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodov qamoqqa olingan. Kun.uz manbasi tasdiqlashicha, sud tomonidan sobiq bosh prokurorga qo‘llangan uy qamog‘i sifatidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan va u 18 sentabr kuni qamoqqa olingan.

Otabek Murodov 2018 yilning yanvaridan 2019 yil yoziga qadar O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida ishlagan, shu yilning 20 iyun kuni lavozimidan ozod etilgandi.

21 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi chiqishida sobiq bosh prokurorni tanqid qilib, u poraxo‘rlikda ayblanayotgani va unga nisbatan jinoiy ish ochilganini aytib o‘tgandi.

Keyinroq, Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov yana bir sobiq bosh prokuror, DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinayotgani haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid