Xalqaro valuta jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi
Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ijroiya kengashi Bolgariya vakili Kristalina Georgiyeva nomzodini XVJ direktori lavozimiga tasdiqlashga qaror qildi.
Ta'kidlanishicha, Georgiyeva 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 5 yilga XVJ boshqaruvchi direktori va ijroiya kengashi raisi lavozimini egallaydi. Kristin Lagard o‘rnini egallaydigan Georgiyeva XVJ tashkil etilgan 1944 yildan beri shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega davlatdan bo‘lgan birinchi XVJ direktori bo‘ladi.
Georgiyeva ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘lgan.
Avvalroq XVJ Georgiyeva ushbu lavozimni egallashi uchun direktorga yosh chegarasini bekor qilgan. 1951 yildan boshlab XVJ rahbari lavozimiga 65 yoshdan kattalar qaralmagan. Georgiyeva esa 13 avgustda 66 yoshni qoralagandi. Biroq avvalgi qoidalarga ko‘ra, XVJ rahbari 70 yoshdan keyin o‘z lavozimini tark etishi kerak.
Kristalina Georgiyeva bolgariyalik iqtisodchi va professor, barqaror rivojlanish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, 2010 yildan boshlab Yevrokomissiyada ishlay boshlagan, 2017 yilda Jahon banki ijrochi direktori lavozimini egallagan.
XVJ rahbari Kristin Lagard Yevropa markaziy banki raisi lavozimiga nomzodi ilgari surilgandan keyin 12 sentyabrda iste'foga chiqqandi. Lagardning o‘rnini uning birinchi o‘rinbosari Devid Lipton vaqtinchalik egallab kelgan.
Mavzuga oid
08:02 / 19.09.2023
XVJ O‘zbekistonga iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda yordam beradi
18:53 / 07.06.2023
“O‘zbekistonda suvning bozor narxi shakllanmagan” - XVJ rahbari
17:55 / 07.06.2023
“Finishga yaqinlashish vaqti keldi” - Kristalina Georgiyeva JSTga a’zolikni tezlashtirishga chaqirdi
21:14 / 05.06.2023