Matviyenko: O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarida «katta-kichik» prinsipi yo‘q
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarga ega, ular «katta - kichik» prinsipiga asoslanmagan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko Oliy Majlis Senati rahbari Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar mavjud. Katta yoki kichik, degan narsaning o‘zi yo‘q», - dedi Matviyenko chorshanba kuni O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasida chiqish qilib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida ikkala mamlakat ham juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. U o‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha imkoniyatlari ro‘yobga chiqarilishiga ishonch bildirdi.
«Federatsiyalar kengashi raisi etib qayta saylanganimdan so‘ng bu mening birinchi xorijiy tashrifim ekanidan xursandman. O‘zbekiston - Rossiyaning azaliy va ishonchli ittifoqchisi. Uch yil davomida biz aqlbovar qilmaydigan darajada ish qildik. Aytish mumkinki, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarida barcha sohalarda katta o‘zgarishlar kuzatilyapti», - deya ta'kidladi Matviyenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu jarayonlarga «asosiy ta'sir» O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari tomonidan ko‘rsatildi, «ular o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlar shakllandi». «Bu bizning hamkorligimizning barcha darajalarida, savdo hajmi va iqtisodiy hamkorlikning sifat jihatida aks etadi», - deb qo‘shimcha qildi senator.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30 / 26.12.2024