O‘zbekiston | 08:27 / 21.10.2019
8746
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umurzoqov Kristin Lagardga O‘zbekiston prezidentining rasmiy maktubini topshirdi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Evropa Markaziy banki raisi Kristin Lagard bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan. 

Uchrashuv davomida Kristin Lagardga EMB rahbari lavozimiga saylangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tabrigi va samimiy istaklari bitilgan rasmiy maktubi topshirildi.

Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi holati, shuningdek, ular bilan bog‘liq dolzarb masalalar: zamonaviy tartibga solish mexanizmlarini joriy etish orqali iqtisodiyotni erkinlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro rivojlanish institutlari mablag‘larini yanada faol jalb qilish, kapital bozorini rivojlantirish, hududiy va tarmoq rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan hamkorlikning kelgusi istiqbollari haqida gapirganda, uchrashuvda salohiyatli hamkorlik va Respublika hukumatiga mamlakatni o‘zgartirish jarayonlarini jadallashtirish va islohotlarning takrorlanmasligini ta'minlashda amaliy yordam berish masalalari ko‘tarildi.

Mavzuga oid