Deputatlar hukumat a'zolariga parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 22 oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilish barobarida o‘z vakolatlaridan foydalanib, boshqa dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga «O‘zbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xususan mintaqalararo «xospis»larni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborishga qaror qildilar.
Shuningdek, parlament a'zolarining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga «Aholini ish bilan ta'minlash doirasida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning chet ellarda mehnat qilishiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi parlament so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:30 / 17.09.2024
Ruminiyada noma’lum erkak parlament binosiga o‘t qo‘ydi. Qariyb 300 kishi evakuatsiya qilindi
10:20 / 12.09.2024
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi boshlandi
22:13 / 21.08.2024
Eron parlamenti 2001 yildan beri birinchi marta Vazirlar Mahkamasining barcha a’zolarini tasdiqladi
08:10 / 01.08.2024