Lukashenko YeOIIda SSSR tajribasidan foydalanishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo davlatlar integratsiyalashuv doirasida o‘zlari qachonlardir bir qismi bo‘lgan SSSR tajribasidan foydalanishi kerak.
U bu haqda 24-25 oktabr kunlari Nur-Sultonga amalga oshiriladigan rasmiy tashrifi arafasida Qozog‘istonning «Xabar» davlat telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bir mamlakatda yashadik. Bizda katta tajriba bor, aynan shu poydevordir. Bizda yagona til bor, umumiy narsalar ko‘p. Bu yo‘lni Yevropa ittifoqiga qaraganda tezroq bosib o‘ta olamiz», - dedi Belarus rahbari.
Uning ta'kidlashicha, YeOII mamlakatlari Yevroittifoqning xatolarini o‘rganishi va ularni takrorlamaslikka harakat qilishi kerak.
«Boshqalarning xatolaridan saboq olishimiz kerak. Tezroq harakatlana olamiz, sababi ko‘proq tajribaga egamiz, biz sovet ittifoqida yashaganmiz. Unda esa juda yaqin integratsiyalashuv mavjud edi. Uni yo‘q qilishning keragi yo‘q. Vayron bo‘lgan narsalarni qayta tiklashimiz kerak. Buning ustida ishlashimiz lozim», - deya xulosa qildi Lukashenko.
Mavzuga oid
19:55 / 23.12.2024
Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?
14:59 / 15.12.2024
KGBni dog‘da qoldirgan ayol – Stalinning qizi nega AQShga qochib ketgandi?
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
18:53 / 10.12.2024