O‘zbekiston | 16:48 / 24.10.2019
18866
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi Mudofaa vazirligi harbiy qismlariga harbiy-jangovar texnikalar topshirildi

Tadbir davomida keng jamoatchilik vakillari, yoshlar harbiy texnikalar, qurol-yarog‘lar bilan yaqindan tanishish, ularning ichki ko‘rinishini, asl namunalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. 

Bugun, 24 oktabr kuni Termiz shahrida Mudofaa vazirligi harbiy qismlariga zamonaviy harbiy-jangovar texnikalarning kalitlari topshirildi

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari To‘ra Bobolov, Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy qo‘shinlar qo‘mondonligi, qator davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar va yoshlar vakillari hamda harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida keng jamoatchilik vakillari, yoshlar harbiylarning jangovar ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy texnikalar, qurol-yarog‘lar bilan yaqindan tanishish, ularning ichki ko‘rinishini, asl namunalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. 

Shundan so‘ng zamon talablarga to‘liq javob beradigan, salonidan yangilik ifori ketib ulgurmagan 100dan ortiq harbiy-jangovar texnikalar viloyatimizning turli hududlaridagi harbiy qismlar sari yo‘l oldi.

 

Mavzuga oid