AQShda Trampga tahdid uchun rep ijrochi Eminem so‘roq qilindi
AQSh maxfiy xizmati rep ijrochi Eminem sifatida ma'lum bo‘lgan Marshall Bryus Meters III’ni o‘z qo‘shiqlari matnida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning qizi nomiga bildirilgan tahdid so‘zlar borligi uchun so‘roq qilingan. Bu haqda BuzzFeed portali xabar berdi.
Portal tasarrufidagi hujjatlarga ko‘ra, maxfiy xizmat qo‘shiqchi “o‘zini nomaqbul tutgani” va “himoya ostidagi shaxslarga tahdid qilganini” ta'kidlab o‘tgan.
AQSh OAV ma'lumotlariga ko‘ra, gap Eminem 2017 yilda “BET Hip Hop Awards” taqdimotida o‘qigan repi haqida bormoqda. U qo‘shig‘ida Trampni tanqid qilib, uni “yadroviy xolokostni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kamikadze” deb atagan.
Bundan tashqari, repchi Revival nomli qo‘shig‘ida Trampning qizi Ivanka borasida keskin fikrlar bildirgan.
Eminem 2018 yilda Kamikaze nomli albomidagi kompozitsiyalaridan birida maxfiy xizmat uni so‘roq qilganini eslab o‘tgan.
Bu orada maxfiy xizmat qo‘shiqchining so‘roq qilingani borasida izoh bermagan.
47 yoshli rep ijrochi nafaqat AQSh, balki butun dunyoda eng mashhur xip-xop ijrochilardan sanaladi. Rolling Stone va boshqa bir qator nufuzli nashrlar uni barcha zamonlarning eng yaxshi qo‘shiqchilaridan biri sifatida e'tirof etgan.
Mavzuga oid
22:52 / 24.02.2024
Britaniya maxfiy ma’lumotlar evaziga rossiyalik amaldorlarga fuqarolikni taklif qilmoqda - OAV
21:13 / 25.06.2020
Venesuelada Maduroning Tramp bilan uchrashishga tayyorligi ma'lum qilindi
16:04 / 24.06.2020
Tramp Boltonni qamash va pullarini musodara qilishni taklif qildi
11:05 / 24.06.2020