O‘zbekiston | 20:24 / 26.10.2019
261375
2 daqiqa o‘qiladi

Zafar Ro‘ziyevning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi

Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev tuman hokimi etib tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida o‘tkazilgan tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilishda viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar va viloyatdagi ikki tumanga yangi hokimlar tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berishicha, 2018 yil avgustidan buyon Zarbdor tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Oybek Ashurmatov Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oybek Ashurmatov

Uning o‘rniga bugun Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan Zafar Ro‘ziyev Zarbdor tumanining yangi hokimi etib tayinlandi.

Zafar Ro‘ziyev

Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan, 2018 yil 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Mahmud Xolbo‘tayev Sharof Rashidov tumani hokimi etib tanishtirildi.

Mahmud Xolbo‘tayev

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati rahbariyatida asosiy «to‘rtlik» va o‘ndan ortiq boshqa rahbarlar ishdan olindi.

Mavzuga oid