Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida yangi direksiya tashkil etilyapti
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida yangi direksiya tashkil etilyapti. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YaMMT” IDAK) boshqarish direksiyasi tashkil etiladi.
Direksiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomalarining o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini monitoring qilish, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ish beruvchilar va xodimlarga texnik yordam ko‘rsatish, shu jumladan, tegishli ma'lumotlarni kiritish va olish uchun zarur apparat vositalarini taqdim etish;
“YaMMT” IDAKni qo‘llash, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish va joriy qilish, xodimning mehnat staji to‘g‘ri hisoblanishini ta'minlash jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha ish beruvchilarga texnik va axborot ko‘magini taqdim qilish, shuningdek, “YaMMT” IDAK foydalanuvchisi hisoblangan fuqarolarga axborot ko‘magini ko‘rsatish;
“Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimlari bilan “YaMMT” IDAK ma'lumotlarini almashish masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni tashkillashtirish;
“YaMMT” IDAKdan samarali va ishonchli foydalanish, ish beruvchilar va xodimlar shaxsiy ma'lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlash;
joriy etilayotgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibini tushuntirib beruvchi, “YaMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari haqida materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida chop etish, teleradiokanallarda maxsus teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
har yili Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining xarajatlar smetasida “YaMMT” IDAKni ta'minlash, rivojlantirish, takomillashtirish, samarali ishlab turishi va axborot xavfsizligini ta'minlash uchun mablag‘larni nazarda tutadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “YaMMT” IDAKning ishlab chiqilayotgan Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi bilan integratsiyalashtirishni nazarda tutadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda “YaMMT” IDAKni soliq xizmati organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish orqali xodimlarning mehnat faoliyati to‘g‘risida “YaMMT” IDAKda aks etuvchi ma'lumotlarning hisoblangan ish haqini shaxsiy hisobga olish markazlashtirilgan elektron reyestri ma'lumotlari bilan to‘g‘ri kelishini talabnoma asosida tekshirishni (verifikatsiyalashni) doimiy asosda ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024