O‘zbekiston | 07:53 / 05.11.2019
8257
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zMU rektori Yaponiyaning faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avaz Marahimov Yaponiyaning OTMning faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zMU rektori boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga tashrifi doirasida Soka universiteti bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat universitetlari o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanishlarni birgalikda olib boradi.

Bundan tashqari Termiz va Axsikentda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda arxeologik va etnografik ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga ham kelishildi.

Tashrif doirasida “Soka Gakkay Interneshnl” prezidenti Daysaku Ikeda O‘zMUning “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid