O‘zbekiston | 14:04 / 07.11.2019
47009
2 daqiqa o‘qiladi

«Metrika» olish tartibi soddalashtirildi

Foto: Norma.uz

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda tug‘ilishni qayd etish muddati o‘tkazib yuborilganda 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

bolaning ota-onasi;

ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri;

ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;

ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.

Ilgari bunday ariza faqat bolaning ota-onasi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan.

Bundan tashqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘ldi.

Ilgari dalolatnoma yozuvlariga ishonchnoma orqali o‘zgartirish kiritish mumkin bo‘lmagan.

Mavzuga oid