Jahon | 10:51 / 12.11.2019
17091
1 daqiqa o‘qiladi

Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi videosi e'lon qilindi  

Foto: NASA

NASA Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi videosini e'lon qildi. 

Videoda Merkuriy Quyosh fonida kichik qora nuqta bo‘lib ko‘rinadi.

«Merkuriy tranziti» deb ham ataladigan bu hodisa Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanib, 23:45larda yakunlangan. Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi deyarli 7 soatni tashkil qilgan.

Ta'kidlanishicha, XXI asrda bunday hodisa umumiy hisobda 14 marta kuzatiladi. Bungacha “Merkuriy tranziti” joriy asrda 2003 yil mayida, 2006 yil noyabrida va 2016 yil mayida kuzatilgan edi.

Keyingi bunday hodisalarni 2032, 2049, 2052, 2062, 2065, 2078, 2085, 2095   va 2098 yillarning may yoki noyabr oylarida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid