Fan-texnika | 19:59 / 14.11.2019
8491
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya brendi oltindan ishlangan AirPods Pro quloqchinlarini chiqardi 

Flagman smartfonlarining antiqa variantlarini tayyorlovchi Caviar brendi Apple AirPods Pro quloqchinlarining oltindan, ilon va timsoh terilaridan ishlangan variantlarini taqdim etdi. Quloqchinning oltindan ishlangan Caviar AirPods Pro Gold Edition varianti yagona nusxada chiqarilgan va 67790 dollar turadi.

Quloqchin korpusi va keysi 750 probadagi oltindan ishlangan. Quloqchinning ilon va timsoh terisidan ishlangan versiyalari ancha arzonroq bo‘lib, 1150 dollardan 1400 dollargacha turadi. 

Mavzuga oid