Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: zo‘ravon trener ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 23 sentabr kuni kurash bo‘yicha trener Abbos Hasanovning 21 sentabr kungi mashg‘ulotlarga sababsiz kelmagan o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan video tarqalib ketdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda A.Hasanov ushbu jarayonda shogirdlariga qo‘pol so‘zlar aytib, ularga nisbatan kuch ishlatgan hamda pedagogika etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etganligi aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 11 oktyabrida Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda trener A.Hasanovning o‘quvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligi hamda kuch ishlatganligi muhokama qilingan. Maktab-internat jamoasi ishtirokida 2019 yil 9 sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha trener va yo‘riqchi-uslubchilarga o‘quvchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaslik bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Shunga qaramay, kurash bo‘yicha trener Abbos Xasanov 23 sentabr kuni 2-17-guruh o‘quvchisi Mahmadulla Mustafoyevni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, maktab-internatning pedagoglar jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu ta'lim muassasasi direktori X.Saparov mazkur holatni keskin qoralab, bu boshqalarga noto‘g‘ri ta'sir qilishini ta'kidlab o‘tgan.
Yig‘ilish yakunida A.Hasanovga pedagoglarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun intizomiy chora ko‘rish belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan Abbos Hasanovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berilgandi.
Biroq, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sodir bo‘lgan holat atroflicha o‘rganib chiqildi. Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorining buyrug‘iga asosan 2019 yil 14 noyabrdan e'tiboran trener A.Hasanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Mavzuga oid
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
15:04 / 29.08.2024
Termizda Afg‘oniston bilan savdo va logistika tartibini soddalashtirish maqsadida xalqaro savdo markazi ochildi
15:12 / 27.08.2024
Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi
18:27 / 19.08.2024