Rossiya Ukrainaga Kerchda ushlangan kemalarini qaytarib bermoqda
2018 yilda Kerch bo‘g‘ozidagi voqea vaqtida Rossiya tomonidan ushlangan ukrain harbiy kemalari 18 noyabrda Ukrainaga topshiriladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan, Rossiya chegarasini buzgan kemalar – “Berdyansk”, “Nikopol” katerlari va “Yani Kapu” buksiri Kerch bo‘g‘ozidagi portni tark etgan.
Ukraina bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, kemalar 18 noyabrda soat 12 atrofida Takil burni yaqinidagi neytral hududda topshiriladi.
2018 yil 25 noyabrda Ukraina harbiy kemalari Qora dengizdan Azov dengiziga o‘tish vaqtida Rossiya suv hududlari orqali o‘tish tartibini buzgan. Ularni to‘xtatish uchun qurol qo‘llangan. Kemadagi 24 harbiy hibsga olingan.
2019 yil avgust oyi oxirida Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashish haqidagi kelishuvga ko‘ra, ukrainalik dengizchilar vatanlariga qaytarilganlar.
Mavzuga oid
13:10
Davlat dumasi: Kuzgi chaqiruv eski qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi
12:10
FIDE Bosh assambleyasi RF va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni rad etdi
09:30
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi
21:12 / 22.09.2024