Fan-texnika | 15:41 / 21.11.2019
12820
1 daqiqa o‘qiladi
SpaceX tajriba raketasi sinov vaqtida portlab ketdi
SpaceX kompaniyasining Starship Mk1 kosmik kemasi tajriba prototipi Texas shtatidagi Boka Chika poligonida sinov vaqtida portlab ketdi. Bu haqda NASAspaceflight xabar berdi.
SpaceX kompaniyasining bildirishicha, "ushbu sinovdan maqsad tizimdagi bosimni maksimal darajada ko‘tarish bo‘lgan, shu bois bu kutilmagan holat bo‘lmagan".
Ilon Mask kompaniyasi dekabrda Starship tajriba raketasining sinov parvozini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Mask Starship ko‘p martalik kosmik raketasi loyihasini 2017 yilda namoyish etgandi. Raketa yer yaqinidagi quyi orbitaga 150 tonnagacha yuk olib chiqishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
21:36 / 10.09.2024
SpaceX birinchi shaxsiy tadqiqot missiyasini uchirdi. Noprofessional astronavtlar ochiq kosmosga chiqadi
18:16 / 08.09.2024
Mask to‘rt yildan keyin odamlar Marsga uchishini e’lon qildi
23:37 / 29.08.2024