Kun.uz tanqididan so‘ng: Urganch shahri Jayhun ko‘chasidagi uyning tomi ta'mirlandi
Kun.uz sentabr oyida Xorazm viloyati Urganch shahri Jayhun ko‘chasidagi 42-uyning tom qismidagi ta'mirlash ishlari chala qoldirib ketilgani haqida maqola e'lon qilgan edi.
Urganch shahar hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, ta'mirlash ishlari bo‘yicha muammolar nimada ekanligi aniqlanib, ularni bartaraf qilish uchun zarur choralar ko‘rilgan.
«42-uyning tom qismidagi ta'mirlash ishlari sovuq, yomg‘ir, qorli kunlardan oldin yakunlandi.
Shuningdek, Urganch shahridagi xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yana bir marta nazoratga olinib, kamchiliklar bartaraf qilindi. Sovuq kunlar oldidan Jayhun ko‘chasi 42-uyda istiqomat qilayotgan aholi ham ta'mirlash ishlari yakunlanganidan xursand bo‘lishdi», deyiladi Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarda.
Mavzuga oid
11:17 / 02.10.2024
Xorazmda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi
10:31 / 22.05.2024
Urganch shahrining nohaq sudlangan sobiq prokurori oqlandi va 10 yil deganda ishga tiklandi
19:13 / 22.04.2024
Xorazmda 38 yoshli ayol qotillikka qo‘l urdi
14:53 / 08.01.2024