Sport | 16:55 / 26.11.2019
4759
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda ichki ishlar organlari o‘rtasida sambo chempionati boshlandi

Navoiyda Ichki ishlar organlari o‘rtasida Sambo va jangovar sambo bo‘yicha respublika chempionatiga start berildi. Respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan tezkor vazifalarni bajarish safarbarlik otryadining terma jamoalari markaziy minbarga taklif etildi.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, besh kun davom etadigan mazkur sport musobaqasida 15ta jamoadan 150 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

«Bellashuvlarda jamoa va yakka hisobda yuqori natijalarni egallagan ishtirokchilar yakuniy bosqichda Ichki ishlar vazirligining turli darajadagi diplom va sovg‘alari bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan», – deydi IIV maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sunnatali Abduqodirov.

Musobaqaning ilk jarayonlari bellashuvga kelgan sportchilarga yuqori kayfiyat va ko‘tarinkilik bag‘ishlash uchun badiiy va litsey o‘quvchilarining jangovar chiqishlari bilan boshlandi.

Mavzuga oid