Tramp Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
🚨MOMENTS AGO🚨
— Dan Scavino Jr.🇺🇸 (@Scavino45) November 28, 2019
President @realDonaldTrump visits U.S. Soldiers at Bagram Airfield in Afghanistan.... pic.twitter.com/HpHd6PxEqn
Tramp harbiylar bilan muloqot qilib, ular bilan suratga tushgan.
Shuningdek, AQSh prezidenti tashrif davomida afg‘onistonlik hamkasbi Ashraf G‘ani bilan uchrashgan. Trampning ta'kidlashicha, u “Tolibon” bilan muzokaralarni qayta boshlamoqchi, chunki toliblar “kelishuv tuzishni” istashmoqda.
Trampning Afg‘onistonga tashrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan e'lon qilinmagan.
Oq uy rahbariga safari vaqtida rafiqasi Melaniya, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen va AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Mark Milli hamrohlik qilgan.
Bu Trampning Afg‘onistonga ilk tashrifi hisoblanadi. AQSh prezidenti Afg‘onistonga amerikalik harbiylarni AQShda 28 noyabrda nishonlanuvchi Shukronalik kuni bilan tabriklagani kelgan.
Ta'kidlanishicha, bu tashrif Trampning jangovar harakatlar borayotgan davlatga ikkinchi tashrifi sanaladi: Oq uy egasi 2018 yil dekabrda ham Iroqqa kutilmagan tashrif amalga oshirgandi.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
22:45 / 02.11.2024
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
10:00 / 02.11.2024